Viloyat hokimlariga joriy yilning oʻzida 900 ta quvvatlash qurilmalari oʻrnatilishini taʼminlash topshirildi
Mamlakatimizga benzin va dizel yoqilgʻisini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan.
Mutasaddilar oldiga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qoʻyildi.
Yoqilgʻi olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablagʻ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.
Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatimizga shu yilning oʻzida 5 mingta elektromobillar olib kelingani taʼkidlandi. Endi ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozim.
Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini oʻrnatish boʻyicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan.
Viloyat hokimlariga joriy yilning oʻzida 900 ta quvvatlash qurilmalari oʻrnatilishini taʼminlash topshirildi.
Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini taʼminlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring