Viloyat hokimi: Tunda shamol boʻlsa, uyqum qochadi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev yaqinda “Indorama Agro” xorijiy korxonasi vakillari bilan muloqot oʻtkazdi.
Unda viloyat rahbari hozirgi gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumining masʼuliyati yuzasidan oʻz fikrlarini aytib oʻtdi.
— Tunlari shamol boʻlsa, uyqum qochadi, - dedi viloyat hokimi. — Hozir oʻrimning ayni pallasi. Hosilni nest-nobud qilmasdan yigʻib olish uchun katta kuch safarbar etganmiz.
Eslatib oʻtamiz, respublika boʻyicha gʻalla oʻrim-yigʻimining borishi boʻyicha Surxondaryo, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari ilgʻorlar safida bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring