Viloyat hokimi oʻquvchilarga “Prezident sovgʻasi”ni topshirdi
Nurafshon shahridagi 57-umumtaʼlim maktabida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent viloyati hokimiligi, Xalq taʼlimi boʻlimi va ijtimoiy soha rahbar hamda mutasaddilari ishtirok etishdi.
Bu yerda soʻzga chiqqanlar jajji bolajonlarimizni Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami va yangi oʻquv yili boshlangani bilan samimiy qutlashdi. Notiqlar taʼlim-tarbiyaning bugungi ahamiyati, yoshlarni barkamol avlod boʻlib voyaga yetishida ustoz va murabbiylarning mashaqqatli, ayni damda sharafli mehnati xususida toʻxtaldilar. Bugungi sharoitda oʻquvchilarga puxta bilim berish, ularni milliy qadriyatlarimiz, tarixiy boy anʼanalarimiz, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari ruhida oʻqitish lozimligi alohida taʼkidlandi. Viloyat hokimi Davron Hidoyatov maktab ostonasiga ilk bor qadam bosgan 114 nafar bolajonlarga Prezident sovgʻalarini topshirdi.
Shundan soʻng viloyat hokimi 11- sinf oʻquvchilariga “Mustaqillik darsi”ni oʻtdi. Hokim dars jarayonida oʻquvchilari bilan ingliz tilida suhbatlashib, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazdi. Ayni damda yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytardi.
Shodiyor MUTAHAROV,
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring