Vyetnamda yangi virus paydo boʻldi: u juda tajovuzkor va tez tarqaladi

16:14 27 Iyul 2020 Dunyo
2871 0

Illyustrativ surat

Oldinroq Vyetnamda uch oydan oydan koʻproq vaqtdan keyin koronavirus bilan bogʻliq holatlar yana qayd etilgani haqida xabar bergandik.

Vyetnam hukumati tomonidan maʼlum qilinishicha, soʻnggi besh kun ichida nomaʼlum infeksiyaning tashuvchisi tomonidan toʻrtta yuqish holati qayd etilgan. Danang shahri va uning atrofidagi hududlarda aniqlangan ushbu infeksiya “COVID-19”ning mamlakatda oldin aniqlangan turi emas ekan.

Mahalliy shifokorlar tomonidan olib borilgan dastlabki tadqiqotlar natijalariga koʻra, bu infeksiya oldin maʼlum boʻlganiga qaraganda ancha tajovuzkor va tez tarqaladi. Eng xavfli jihati, uni yuqtirganlarning ahvoli birdan ogʻirlashmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari yangi virusni Danangga noqonuniy muhojirlar olib kirgan yoki bu yerdagi kasalxonada davolanayotgan bemorlarda koronavirus mutatsiyasiga uchragan boʻlishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri Vyetnamda 420 ta holat aniqlangan. Hozirga qadar kasallikni yuqtirganlardan 365 nafari sogʻaygan. Mamlakatda ushbu infeksiya bilan bogʻliq oʻlim holati qayd etilmagan.

Aholisi 97 040 334 nafar boʻlgan ushbu mamlakat Hindixitoy yarim orolida joylashgan, Janubi-Sharqiy Osiyo davlati hisoblanadi. Vyetnam Gʻarbda Laos va Kambodja, Shimolda Xitoy davlatlari bilan chegaradosh. Vyetnamning janubi Janubiy Xitoy dengizi sohillariga tutash.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер