Vengriyada birinchi marta ayol kishi prezidentlikka saylandi

18:27 10 Mart 2022 Dunyo
1175 0

Foto: Katalin Novak/Ijtimoiy tarmoq

Vengriya parlamenti Katalin Novak mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Shu tariqa u mamlakat tarixida prezidentlikka saylangan birinchi ayol kishi boʻldi. Bu haqda M1 telekanali xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 199 deputatdan 137 nafari Katalin Novakka ovoz berdi. 44 yoshli Novak hozirda Oila, yoshlar va xalqaro aloqalar vaziri lavozimida faoliyat olib bormoqda. Bungacha u mamlakat tashqi ishlar vazirligida ishlagan.

Uning raqibi muxolifat koalitsiyasidan 79 yoshli nomzod, iqtisodchi Piter Rona edi.

Novakning nomzodi bosh vazir Viktor Orban boshchiligidagi hukmron “Fides-Vengriya fuqarolik ittifoqi” partiyasi tomonidan ilgari surilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Yanosh Ader 2012-yildan beri Vengriya prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. 

Amaldagi prezident Aderning vakolati 10-mayda tugaydi. U bu lavozimda ketma-ket ikki besh yillik muddat — respublika konstitutsiyasi ruxsat etilgan maksimal muddatda faoliyat olib bordi.

Kecha Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida muxolif partiya nomzodi Yun Suk Yol gʻalaba qozongani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер