Vaziyat o'nglanmasa, Qozogʻiston hukumati toʻliq isteʼfoga chiqarilishi mumkin
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev hukumatga koronavirus bilan bogʻliq vaziyatni toʻgʻrilash uchun ikki hafta muddat berdi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
“Agar vaziyat oʻzgarmasa, u holda hukumatni isteʼfoga chiqarish masalasi koʻriladi”, — dedi u.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu mamlakatda 54 mingdan ortiq inson COVID-19ga chalingan.
Iyun oyida infeksiyaning avj olishi oqibatida Qozogʻiston sogʻliqni saqlash tizimi ogʻir ahvolga duch keldi. Shifoxonalarda joy, aptekalarda dorilar qolmadi. Koʻplab qozogʻistonliklar uylarida davolanishga majbur boʻldi.
Shuning uchun Qozogʻiston bu borada xorijdan, xususan Rossiyadan yordam soʻradi. 6-iyul kuni Nur-Sulton va Olmaotaga rossiyalik shifokorlar yetib kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring