Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari qaysi OTMlarni bitirgan?
Oʻzbekiston hukumati rahbariyati qaysi OTMlarni tamomlagan? Ushbu savolga “Yuksalish” umummilliy harakati javob izladi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh vazirning 5 nafar oʻrinbosaridan 4 nafari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Shu bilan birga, ularning 3 nafari xorijiy OTMlarda taʼlim olgan. Jumladan, Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov Kolorado shtati iqtisodiyot instituti (AQSH)ni, Bosh vazir oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Reding universiteti (Buyuk Britaniya)ni, Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Xitotsubasi universiteti (Yaponiya)ni tamomlagan.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring