Vazir Ibrohim Abdurahmonov oʻzi va oila aʼzolari koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganini maʼlum qildi

19:26 10 Dekabr 2020 Jamiyat
1982 0

Avvalroq, Innovatsion rivojlanish hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan Xitoyning Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining ishlanmasi asosida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., L kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini oʻtkazish ishlari boshlangani va Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta koʻngilli oila aʼzolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlangani haqida xabar bergan edik.

Oʻzbekistonda yangi koronavirus rekombinant vaksinasi (CHO hujayra) xalqaro klinik sinovlarining III fazasi boshlanishiga bagʻishlangan marosimda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov  vaksina haqida savollarga javob berdi va oila aʼzolari ham emlanganini maʼlum qildi.

«Men biolog, genlar injiniringi bilan uzoq yillar shugʻullangan olim sifatida bu vayetsinaning xavfsizligiga ishonch hosil qildim. Birinchi va ikkinchi sinovlarda qoʻshimcha “effekt”lari boʻldimi, yoʻqmi, shularning hammasini oʻrgangandan keyin , Oʻzbekistonga olib kelish choralariga rozilik bildirdik.

Men shuni ishonch bilan aytmoqchimanki, birinchidan oʻzim va oilamda 14 kun oldin bu vaksina sinovini oʻtkazdik. 14 kundan buyon oilamizda biron qoʻshimcha nojoʻya taʼsirlar kuzatilgani yoʻq. 

Sinovlarga start berishda biron-bir hadik yoʻq bizda. Xalqimizda buni sinovini oʻtkazib tajribaga aylantirilyapti degan fikrlardan yiroqlashtirmoqchiman. Buni samaradorligi oʻzimizda koʻrinadi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati birinchilardan boʻlib oʻz oilamizda koʻngillilardan boʻlib emlash jarayonlarini amalga oshirdik. Antitanachalar hosil boʻlish jarayoni kuzatuvda. Biror oy mobaynida antitanachalar hosil boʻlishi kutilyapti", dedi Innovatsion rivojlanish vaziri. 

Eslatib oʻtamiz, “Xalq soʻzi” nashri Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan koronavirusga qarshi vaksina haqida suhbat eʼlon qilgan edi.

Shaxnoza TOʻRAMURODOVA, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер