Vatikanda ham koronavirus aniqlandi

22:53 06 Mart 2020 Dunyo
1619 0

Foto: www.google.com

Dunyoning eng kichik davlati – Vatikanda koronavirus bilan bogʻliq ilk holat qayd etildi.

Vatikan matbuot kotibi Matteo Bruni, virus kecha, 5-mart kuni aniqlanganini maʼlum qildi. Uning aytishicha, bu holat boʻyicha Vatikan Italiya sogʻliqni saqlash organlariga xabar bergan.

Vatikan davlati Italiya Respublikasi bilan oʻralgan. Italiya esa dunyodagi koronavirus oʻchoqlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davlatda hozircha 3 858 nafar odam virusga chalingan. Ularning 148 nafari vafot etgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 100 ming nafardan oshdi. Ushbu kasallikdan 3388 kishi vafot etdi. 54 994 bemor shifo topgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер