“Vatanparvar” tashkiloti va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

22:10 08 Sentyabr 2023 Jamiyat
634 0

Foto: “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati xabariga koʻra, Memorandumning asosiy maqsadi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan mamlakatimiz fuqarolarini shartnoma asosida xorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish hisoblanadi.

Hozirda Yevropa davlatlari, xususan, Germaniya, Litva, Latviya, Slovakiya va Polshada texnik kasb mutaxassislariga boʻlgan yuqori talabni “Vatanparvar” tashkiloti imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qondirish maqsad qilinmoqda.

Ayniqsa, ayni paytda Yevropada 10 mingdan ziyod “CE”, “D” toifadagi haydovchilarga va minglab turli texnik kasb egalariga ehtiyoj sezilayotganligi oʻz-oʻzidan turli mamlakatlardan, jumladan, Oʻzbekistondan ushbu kasb mutaxassislarining Yevropa davlatlariga borib ishlashlari uchun imkoniyat yaratmoqda.

“Vatanparvar” tashkilotining 210 dan ortiq oʻquv muassasalarida respublika boʻylab yiliga oʻrtacha 150 ming nafar fuqarolar haydovchilik kasbiga hamda yana minglab fuqarolar texnik xizmat koʻrsatish va murakkab texnikalarni boshqarish mutaxassisliklariga tayyorlanmoqda. Oʻz navbatida, ushbu omil tashkilotning Yevropa davlatlari talabini qondirishi mumkin boʻlgan malakali kadrlarni yetkazib berish quvvatiga ega ekanligini anglatadi.

Memorandum imzolanishi jarayonida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi Jahongir Xidayxodjayev mazkur hujjatda belgilangan vazifalarni oʻz muddatlarida sifatli bajarilishini taʼminlashga va istiqboldagi rejalarni kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер