Vatanni qoʻriqlash – muqaddas burch

11:58 14 Yanvar 2025 Jamiyat
232 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Yangi Andijon massivida joylashgan “Vatanparvarlik bogʻi”da boʻlib oʻtgan tadbir ana shunday nomlandi. Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etdi. Tadbirda bogʻdagi harbiy texnik vositalar bilan tanishildi. Yurt osoyishtaligini himoya qilish paytida qahramonlarcha halok boʻlganlar xotirasiga barpo etilgan maydonda osoyishtaligimiz posbonlari sharaflandi.

— Yoshligimizda harbiy boʻlishni orzu qilardik, — deydi uyushma aʼzosi Vohidjon Tojiddinov. — Qoʻlimizga yogʻochdan yasalgan qurolni olib “Urush-urush” oʻynardik. Voyaga yetib, harbiy xizmatni oʻtash jarayonida anglab yetdikki, har bir harbiy qurol tinchlik yoʻlida xizmat qilishi kerak. Undan hech kim ozor chekmasligi lozim. Shu bois yurtimizda hamisha osudalik hukm surishini tilayman. Bu borada kerak boʻlsa oʻz halovati, sogʻligi va hayotidan kechib, fidokorona xizmat qilayotgan osoyishtaligimiz posbonlariga hamisha taʼzimdamiz.

Shu kuni uyushma aʼzolari oʻnlab faxriy harbiy xizmatchilar xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan tabrikladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер