Vatandoshlar uchun O‘zbekistonda ishlashi uchun litsenziya talabi bekor qilinadi — Shavkat Mirziyoyev
Prezidentlikka nomzod qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda xorijdagi yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga oid rejalarni ma’lum qildi.
“Mamlakatimizda ishlash va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi vatandoshlarimiz uchun:
— kirish vizalari muddati 1 yildan 3 yilga uzaytiriladi, davlat bojlari 3 karra pasaytiriladi (hozirda – 250 dollargacha);
— O‘zbekistonda ishlashi uchun litsenziya talabi bekor qilinadi, barcha huquqlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
— O‘zbekistonda doimiy yashash tartibi soddalashtiriladi;
— mamlakatimizda uy-joy va ko‘chmas mulk sotib olish, ta’lim, tibbiyot va boshqa davlat xizmatlaridan teng huquqlilik asosida foydalanish imkonini beradigan “Vatandosh guvohnomasi” joriy qilinadi”, – dedi nomzod.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring