Vatan bayrog'i

12:00 18 Noyabr 2019 Siyosat
4651 0

VATAN BAYROGʻI

Polvonlar bellashib bahs maydonida

Shohsupada magʻrur qad kergan chogʻi,–

Vatan madhi yangrab gʻolib shaʼniga,

Bosh uzra yuksalar shu yurt bayrogʻi.

El-yurt taqdiriga doxil arboblar

Bir fikrga kelgach anjuman qurib,

Qoʻl berib ahd etar mudom har bobda,

Vatan bayrogʻining yonida turib.

Onadan dunyoga kelib, oqibat

Vatan tuprogʻiga ketar har bashar.

Vatan bayrogʻiyu ona roʻmoli

Bosh uzra hilpirab tursa yarashar.

Shunday bir odat bor: otlanar ekan

Vatanni himoya etmoqqa agar,

Otayu onasin duosidan soʻng

Yurt bayrogʻin oʻpar askar yigitlar.

Qalam ham yurt tinchligi himoyasida

Askar qurolidan aslo emas kam.

Shu bois tiz choʻkib, chin ixlos ila

Yurtim bayrogʻini oʻpaman men ham

Zarang ogʻochidan uning dastasi,

Matosi oʻzbegim oridan bunyod.

O, yurtim bayrogʻi, koʻnglim nashʼasi,

Hilpirab porlayver turgancha dunyo!

Saʼdulla HAKIM.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер