“Vaqf” xayriya jamoat fondi Ramazon oyining ilk haftasida amalga oshirilgan xayriyalar haqida maʼlumot berdi

01:48 10 Aprel 2022 Jamiyat
1288 0

Foto: Illustrativ foto

Maʼlum qilinishicha, Respublika boʻylab uch mingga yaqin xonadonlarga 473 930 000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari hamda moddiy koʻmakka muhtoj 149 nafar shaxslarga 128 000 000 soʻmlik pul mablagʻlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, Fargʻona viloyatida yashovchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan 15 nafar fuqarolarga xayriya tadbiri uchun 4 600 000 soʻm pul mablagʻlari berilgan.

Xabarda aytilishicha, Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Kitob – kamolot kaliti” koʻrgazmasi ishtirokchilarini ragʻbatlantirish uchun 4 000 000 soʻm mablagʻ ajratilib, haqdorlarga yetkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер