“Valyutchik”larning savdosi amalga oshmay qoldi
Foto: dzen.ru
Bosh prokuratura huzuridagi Departament valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlanganini maʼlum qildi. Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu holatlar Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi reydlar davomida fosh qilingan.
Qayd etilishicha, Departamentning Nurota tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar В.А. fuqaro З.З. jami 4 ming 300 AQSH dollarini fuqaro А.Ж.га 54,5 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ikkichi holat Buxoro viloyatining Vobkent tumanida aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro М.Н. fuqaro Г.Д.дан jami 3 ming AQSH dollarini 37,6 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushirilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Prokuratura Andijon va Surxondaryoda “valyutchik”larni qoʻlga olgani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring