Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

11:50 24 Yanvar 2024 Jamiyat
334 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Sh.B. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro Z.D.ga 49,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Guliston tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.R. jami 3 800 AQSH dollarini fuqaro Oʻ.A.ga 47,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Hazorasp tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.A. fuqaro Q.R.dan 3200 AQSH dollarini sotib olish uchun 220 ming Rossiya rubli va 8,6 mln soʻm bergan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 15 ming Rossiya rubli va 2,1 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Shovot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan J.D. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro O.A.dan 49,2 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan J.O. jami 3 000 AQSH dollarini 37,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер