Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

15:53 31 Oktyabr 2023 Jamiyat
209 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Sh.Yu. jami 3 500 AQSH dollarini fuqaro M.A.ga 42,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Quvasoy shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.X. jami 3 200 AQSH dollarini fuqaro Sh.K.ga 39,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Angren shahri hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.A. (muqaddam sudlangan) jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro E.M.ga 36,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan N.A. jami 269 ming Rossiya rublini fuqaro N.M.dan 34,1 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер