Vaksinalarga eng koʻp ishonayotgan mamlakatlar eʼlon qilindi

17:53 12 Yanvar 2021 Dunyo
936 0

Illyustrativ foto

Vyetnam, Hindiston va Xitoy aholisi COVID-19 vaksinalariga boʻlgan ishonchi boʻyicha dunyoda yetakchilik qilmoqda.

Dunyo mustaqil bozor tadqiqotlari va jamoatchilik fikri tarmogʻi (WIN) keng koʻlamli soʻrov natijalariga koʻra shunday xulosaga keldi. Natijalar tashkilotning rasmiy saytida eʼlon qilindi.

Unga koʻra, vaksinalarga boʻlgan eng yuqori ishonch darajasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga toʻgʻri kelgan. Vyetnamda koronavirusga qarshi emlanishni istayotgan fuqarolar koʻrsatkichi 98 foizga yetgan. Hindiston va Xitoyda bu raqam 91 foizni tashkil etgan.

Yevropada esa Daniya va Finlyandiya ushbu roʻyxatda yetakchilarga aylanishgan. Ushbu davlatlarda koronavirusga qarshi emlanishni istagan fuqarolarning ulushi mos ravishda 87 va 81 foizni tashkil qilgan.

Ammo baʼzi Yevropa mamlakatlarida foizlar nisbatan past natijani koʻrsatgan. Masalan, Fransiyada ishtiroklarning 44 foizi, Xorvatiyada 41 foizi, Serbiyada esa atigi 38 foizi xastalikka qarshi emlanishga tayyorligini bildirgan.

Hammasi boʻlib, soʻrovda 32 mamlakatdan deyarli 27 ming kishi ishtirok etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер