UzMobile +882 bilan boshlanuvchi raqamlarni blokladi

17:29 11 Iyun 2018 Jamiyat
2470 0

UzMobile kompaniyasi +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning barchasini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar berdi.

“Hurmatli UzMobile abonentlari, shuni ma’lum qilamizki, firibgarlardan Sizga kelib tushayotgan +882* prefiksli noma’lum qo‘ng‘iroqlarni bartaraf etish maqsadida tegishli xizmatlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan. Tushunganingiz uchun minnatdormiz!”, - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlar UzMobile abonentlarining pulini yechib olish maqsadida ularga spam qo‘ng‘iroqlar orqali ommaviy hujum uyushtirgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер