“Uzbekistan Airways“ talabalar uchun chegirma eʼlon qildi
Arxiv surat
“Uzbekistan Airways“dan talabalar uchun chegirmalar eʼlon qildi. Unga koʻra, qishki taʼtil arafasida oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari mahalliy yoʻnalishlar aviachiptalarini tarifidan 50 foiz chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.
“Chegirma 2023 yil 23 dekabridan boshlab 2024 yil 7 yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Aviachiptani 50 foiz chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan “Uzbekistan Airways Sales“ filialida xarid qilishingiz mumkin”, deyiladi aviakompaniya xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring