“UzAuto Motors” Tracker-2 avtomobilini sinovdan oʻtkazmoqda

12:15 31 Mart 2022 Jamiyat
1100 0

Foto: Uzauto Motors Matbuot xizmati

“UzAuto Motors” Asaka shahridagi zavodda yangi Chevrolet Tracker-2 avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishning navbatdagi bosqichini boshladi. Bu haqda “UzAuto Motors” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda sinov tariqasida ishlab chiqarilgan Tracker avtomobillari “non saleable”, yaʼni “sotuv uchun moʻljallanmagan” hisoblanadi.

“Sotuv uchun moʻljallanmagan avtomobillarning ishlab chiqarilishi, yigʻuv jarayonidagi barcha zaruriy bosqichlarni sinab koʻrish hamda qayta ishlash imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Tracker avtomobili ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishga tayyorgarlik jarayonida sinov uchun 16 dona avtomobil ishlab chiqariladi. Keyinchalik ushbu avtomobillar notekis yoʻlda harakatlanish va iqlim sharoitiga moslashuvchanligi tekshiruvdan oʻtkaziladi.

“Ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va sinovdan oʻtkazishga tayyorgarlikning barcha bosqichlari reja asosida olib borilmoqda, kamchiliklar aniqlanmadi” deydi loyiha rahbari Tolibjon Samsoqov.

Eslatib oʻtamiz, “UzAuto Motors” AJ joriy yilning yozida Chevrolet Tracker-2 avtomobilini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер