"UzAuto Motors" "Chevrolet Cobalt"ni bir million soʻm arzonga tezroq chiqarib berishni taklif qilyapti
Arxiv surat
Yarimoʻtkazgichlarning global tanqisligi butun dunyo avtomobil sanoatiga, shuningdek, “UzAuto Motors” kompaniyasiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda.
Shu munosabat bilan kompaniya xaridorlarga taklif bilan chiqdi.
«Yuzlab tayyor ”Chevrolet Cobalt" avtomobillari zavod avtoturargohida oʻzlarining yangi egalarini kutmoqda. Birgina yarimoʻtkazgich detalining yoʻqligi sabab avtomobildagi oʻrindiqni isitish tizimi ishlamasligi avtomobilni egasiga topshirishga yoʻl qoʻymaydi.
Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib, “UzAuto Motors” kompaniyasi yaqin orada 4-pozitsiya Chevrolet Kobaltni kutayotgan mijozlarga avtomobilni isitish oʻrindigʻi modulisiz taklif etadi. Ushbu komplektatsiya 1 mln. soʻmni tashkil etadi. Ularning narxi avtomobilning umumiy narxidan olib tashlanadi.
Avtomobilda konditsioner va pechka ishlashini taʼminlovchi isitish va sovitish tizim regulyatori (HVAC kontroller) oʻzgarishsiz ishlaydi.
Oʻrindiqni isitish tugmasi ishlamaydi", deyiladi kompaniya murojaatida.
“UzAuto Motors” tomonidan qoʻshimcha qilinishicha, xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qoʻllanilishi uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada oʻz egalariga yetkazilishini taʼminlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring