“UzAuto Motors” avtotreylerdagi yongʻin boʻyicha munosabat bildirdi
2021-yil 12-dekabr kuni internetda Chevrolet avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerning yonayotgani aks etgan video tarqaldi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida mahalliy dilerlar oʻrtasida avtomobil tashishni amalga oshirish vaqtida sodir boʻlgan.
Avtotreyler kabinasidagi alanga avtomobillar boʻlgan treylerga tarqalgan. Natijada 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar koʻrgan. Hodisadan avtotreyler haydovchi jabrlanmagan.
Voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib oʻtish vaqtida sodir boʻlgan. Barcha tashilgan avtomobillar sugʻurtalangan boʻlib, ular rossiyalik mijozga tegishli boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozirda zaruriy yongʻin-texnik ekspertizasi oʻtkazilib, yongʻinning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring