«Uzbekistan Airways»ga yangi rahbar tayinlandi
Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich «Uzbekistan Airways» AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar «Uzbekistan Airways» AJ Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2021 yil fevral oyidan buyon «Uzbekistan Airways» boshqaruvi raisi lavozimini transport vaziri Ilhom Mahkamov egallab kelayotgan edi.
Shuxrat Xudaykulov 1984 yil 26 iyul kuni Urganch shahrida tavallud topgan. Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviasiyasi universitetining “Aviasiya tashuvlarini tashkil etish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Shuxrat Xudaykulov 2006 yil “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK jamoasiga kelib qo‘shilgan va o‘z faoliyatini “Toshkent” xalqaro ayeroportining aviatashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan.
2006-2019 yillar oralig‘ida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKda turli lavozimlarda, jumladan aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari, milliy aviakompaniyaning sotuvlar departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring