Tashqi ishlar vaziri AQSH elchisini qabul qildi

15:59 03 Iyul 2018 Siyosat
1520 0
Arxiv foto: TIV

2018-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kоmilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. 

Suhbat davomida O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining joriy masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15-17-may kunlari AQShga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi-nazaridan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama bo‘lajak tadbirlar muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pamela Spratlen O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayotgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер