Urugʻni bir tekis undirib olishga erishilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Andijon viloyatida hozirgacha 66 ming 739 gektar maydonga bugʻdoy urugʻi ekilgan boʻlib, shundan 57 ming 67 gektar qismida sugʻorish ishlari yakuniga yetkazildi.

— Jumladan, Izboskan tumanida 6 ming 116 gektar maydonda gʻalla undirilmoqda,—deydi tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Abdulatif Yusupov. – Ayni paytgacha 90 foiz maydondagi ekinlarni sugʻorish ishlari sifatli amalga oshirildi. Buning uchun maxsus shtab tuzilgan boʻlib, unda ekin maydoniga belgilangan miqdordagi suvni oʻz vaqtida yetkazib berish, miroblar va mutaxassislar faoliyatini toʻgʻri tashkil etish ishlari nazoratga olingan.

Bugun ekilgan gʻallani obi-tobida sugʻorib, bir tekis undirib olinsa, maysa yaxshi rivojlanadi, hosil moʻl boʻladi. Bu yerni toʻgʻri anglagan gʻallakorlar ishni tez, soz va agrotexnik qoidalarga mos tarzda olib bormoqdalar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring