Urgutda yana bir “virtual xalqa” faoliyatiga chek qoʻyildi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 5 nafar “Hizb ut-Tahrir” DET aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi.
Mazkur ekstremistik guruh yetakchisi 1993-yilda tugʻilgan, Urgut tumanida yashovchi Y.J. Telegram messenjeri orqali “Hizb ut-Tahrir” DETning gʻoyaviy rahnamosi – Q.R.fuqarosi M. Xaldarov (laqabi “Mahmud Abdulmoʻmin”) bilan bogʻlanib turgan hamda uning koʻrsatmalariga muvofiq “virtual xalqa” tashkil etgan. 4 nafar jinoiy sherigi bilan birga ekstremistik mazmundagi video/audioroliklarni muntazam ravishda kuzatib borib, ularni yaqinlari orasida tarqatib kelgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring