Urgut tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

16:03 05 Avgust 2025 Jamiyat
2741 0

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyatining Urgut tumani hokimi ham oʻzgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 5-avgust kuni Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilgan. Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va erishilgan natijalarga toʻxtalgan.

Sessiyada, shuningdek, tashkiliy masala koʻrilgan. Xususan, Botir Jabborov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Urgut tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan. Viloyat rahbari Sayidqulov Dilmurod Bastamovich nomzodini Urgut tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirgan. Shundan soʻng nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.

Viloyat rahbari yangi hokimga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab bergan hamda faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Maʼlumot uchun, Dilmurod Sayidqulov tayinlovga qadar Samarqand viloyat prokurori oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shunqor Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi lavozimiga, Bexzod Rahmatullayev Toyloq tumani hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер