Urganchlik tadbirkor Yoshlar kutubxonasini ochdi
Foto: Xalq so‘zi
Yangi yil shodiyonalari davom etayotgan ayni kunlarda Urganch shahrida zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan Yoshlar kutubxonasi ish boshladi.
Yuz mingdan ortiq kitob fondiga ega ziyo maskanida kitobxonlar zarur adabiyotlarni shu yerning oʻzida mutolaa qilishlari, oʻqib chiqish uchun uyga olib ketishlari yoki xarid qilishlari mumkin. Bundan tashqari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazi bilan bogʻlangan elektron oʻquv zali mavjud.

— Oʻquvchi-yoshlar uchun kitobxonlik kechalari, yangi kitoblar taqdimotlarini muntazam oʻtkazib borishni rejalashtirdik, — deydi kutubxona rahbari, tadbirkor Quvondiq Abdullayev. — Shuningdek, kitobxonlar kutubxona qoshida tashkil qilingan “Bilim – xazina” doʻkonidan ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar, turli oʻquv qoʻllanmalarini sotib olishlari mumkin.
Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring