Urganchga 50 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
Foto: Xorazm viloyati hokimligi
Urganch shahrida jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsadida Xitoyning “Zhongtong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi. Bu haqda Xorazm viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 18-noyabr kuni “Bunyod yoʻlovchi tashish” korxonasida yangi avtobuslarning taqdimoti boʻlib oʻtgan. Tadbirda viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov ishtirok etib, viloyatda aholiga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar haqida toʻxtalgan.
Aytish joiz, avvalroq, “Zhongtong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta avtobus Urganchga keltirilgan edi. Hokimlik xabariga koʻra, yil oxirigacha yana 30 tasi keltiriladi. Natijada shaharda 16 ta yoʻnalishda 148 ta avtobus harakatlanib, har kuni 136 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.
Qoʻshimcha qilinishicha, yoʻlovchi tashish hajmi ikki barobardan ziyod ortib, qatnovlarning oraliq intervali 18 daqiqadan 10 daqiqaga qisqaradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring