Urganchda “DXM drive” xizmati yoʻlga qoʻyildi

22:33 06 Oktyabr 2021 Jamiyat
591 0

Endilikda, qator xizmatlardan foydalanish uchun DXM binosiga kirish va navbat olishga hojat yoʻq.

“DXM drive” xizmatidan foydalanib, avtotransport vositasidan tushmagan holda ishingizni bitirishingiz mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi maʼlum qildi.

“DXM drive” xizmati fuqarolarga:

• bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga elektron navbatga qoʻyish;
• pensiya haqida maʼlumotnoma olish;
• nafaqa tayinlash;
• elektr, gaz va ichimlik suvi hisoblagichlarini plombalash va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni toʻldirishga va tayyor hujjatlarni binoga kirmasdan, shuningdek, avtotransport vositasidan chiqmasdan olish imkonini beradi.

Ushbu xizmatdan Urganch shahar DXM binosi yonidagi avtoturargoh (parking) hududida foydalanish mumkin.

Mazkur xizmat sinov tariqasida joriy etilgan boʻlib, haftaning dushanba va seshanba kunlarii koʻrsatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер