Urganch shahridagi Maxsus tibbiyot industrial parkiga 50 million dollarlik 12 ta loyiha joylashtiriladi

12:26 01 Mart 2024 Siyosat
196 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.

Viloyatda tayyorlangan ip-kalavani atigi 30 foizi qayta ishlanmoqda.

Shu munosabat bilan bu yili viloyatga 280 million dollar investitsiya olib kelib, ip-kalavani qayta ishlashni 60 foizga yetkazish muhimligi qayd etildi.

10 million dollardan koʻp eksport qilgan toʻqimachilik korxonalariga aylanma uchun 5 million dollargacha kredit beriladi.

Ularga chet eldan yuqori malakali mutaxassislar olib kelinib, dizaynerlik va marketingga oʻqitiladi, xorijda savdo uylari ochilib, viloyatdagi toʻqimachilik korxonalariga beriladi.

Urganch shahridagi Maxsus tibbiyot industrial parkiga 50 million dollarlik 12 ta loyiha joylashtiriladi.

Yil yakuni bilan farmatsevtika korxonalari sonini 26 taga, mahsulot turini 50 taga yetkazish muhimligi taʼkidlandi.

Umuman, aytilgan imkoniyatlardan

foydalanib, viloyatga 1,5 milliard dollar sarmoya, shundan 1 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish, 600 million dollar eksportni amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер