Urganch davlat universiteti talabalari uchun munosib bayram tuhfasi

14:08 23 Dekabr 2022 Jamiyat
622 0

Foto: Xalq so‘zi

Yangi yil bayrami arafasida Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakultetining zamonaviy oʻquv binosi va 800 oʻrinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Talabalar turar joyida madaniy dam olish va mutolaa xonalari, oshxona, qoʻyingki, munosib shart-sharoitda yashash uchun neki qulayliklar zarur boʻlsa, barchasi muhayyo etilgan. Oʻquv binosida esa kichik konferensiya zali, sport zal, 10 ta laboratoriya xonasi, 18 ta oʻquv auditoriyalari joylashgan.

Shuningdek, universitetda texnika fakultetining 1 ming 600 oʻrinli yangi oʻquv binosi va 250 oʻringa moʻljallangan talabalar kutubxonasi ham talabalar uchun oʻz eshigini ochdi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda keng jamoatchilik vakillari, universitet professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

— Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼlim sohasini rivojlantirish mamlakatimiz taraqqiyotining oltita ustuvor yoʻnalishidan biri sifatida keltirib oʻtildi, — deydi Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev. — Shundan kelib chiqib universitetimizda taʼlim va fanni rivojlantirish boʻyicha loyihalarimizni izchil davom ettiramiz. Kelgusi yilda talabalar uchun yana qoʻshimcha yotoqxonalar, sport majmualari qurib foydalanishga topshirish moʻljallanmoqda.

 

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер