Universitetda muzey ish boshladi

15:49 01 Fevral 2019 Jamiyat
1374 0

Termiz davlat universitetida Qatagʻon qurbonlari xotira muzeyi tashkil etildi. Zamonaviy texnik vositalar - sensor kiosk, manitorlar bilan jihozlangan podiumlarda turli hujjatlar, foto va video materiallar hamda qimmatli tarixiy eksponatlar joy olgan.

- Vatanimiz ozodligi yoʻlida jon fido qilganlarni xotirlash, ularning Vatan, xalq oldidagi buyuk xizmati va jasoratini yosh avlod oʻrtasida targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu muzey eksponatlarini muntazam boyitib boramiz. Tarixiy xotiralarni qadrlash, oʻtganlar ruhini shod etish barobarida tinch va osoyishta hayotni eʼzozlash, dorilomon kunlar uchun shukronalik hissini tuyib yashash kishida katta ruhiy quvvat baxsh etadi, - deydi muzey direktori Anvar Boqiyev.

Mamlakatimizning yaqin oʻtmishidan hikoya qiluvchi Qatagʻon qurbonlari muzeyi nafaqat talaba yoshlar, balki, viloyat aholisiga xizmat koʻrsatadi.

Ilhom Rahmatov,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер