Umumiy istiqbolimiz yorqin boʻladi — Larijoniy

12:13 01 Mart 2026 Dunyo
873 0

Eron milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy mamlakat qurolli kuchlari toʻliq nazorat ostida ekanini maʼlum qildi.

“Oldingi urush vaqtida koʻplab insonlar qurbon boʻlgandi. Kechagi hujumlar oqibatida shahidlarimiz soni juda kam edi. Kelgusi kunlarda bizda koʻtarilishlar va pasayishlar kuzatiladi, biroq umumiy istiqbol yorqin boʻladi”, — deydi Larijoniy.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, AQSH hamda Icroilning Eronga bergan zarbalari oqibatida bir qator yirik amaldorlar halok boʻlgan. Xususan, Eron qurolli kuchlari bosh shtab boshligʻi Sayid Abdulrahim Musaviy, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi bosh qoʻmondoni Muhammad Pakpur, mudofaa kengashi kotibi Ali Shamxoniy hamda mudofaa vaziri Aziz Nasirzodalar qurbon boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер