Umra ziyorati sayyohlik firmalari orqali ham tashkil etiladi

12:54 23 Mart 2022 Jamiyat
2072 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Umra ziyoratiga boʻlgan talab va istaklarni inobatga olib, Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham qisman tashkil etish masalasi koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi.

«Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan hamkor shirkat vakillari bilan Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra ziyorati yuzasidan muzokaralar olib borildi va belgilanadigan narx boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishildi.

Taʼkidlash zarurki, Ramazon oyida Saudiya Arabistonidagi mavjud sharoitdan kelib chiqib, xizmat koʻrsatish narxlari oshayotgan boʻlsada, saʼy-harakatlar natijasida Shavvol oyida (Ramazon oyidan keyin) Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari uchun amaldagi mavjud qiymat saqlab qolinadi», — deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер