Umida Omonova shaxmat boʻyicha Osiyo chempioniga aylandi
BAAning shaxmat boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda, unda 41 davlatdan 650 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Musobaqaning blis yoʻnalishida kechgan bahslarda Umida Omonova raqiblardan ustun kelib, 1 oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Yana bir hamyurtimiz Davron Sharipov 2 oʻrinni egallagan boʻlsa, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husnitdinovalar 3 oʻrin sohibiga aylanishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring