“Ular Germaniyada oʻqiydilar”: Samarqand davlat universiteti rektori 60 ga yaqin iqtidorli talabalar bilan uchrashdi

11:31 12 Fevral 2026 Jamiyat
529 0

Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov Muhandislik fizikasi institutida nemis tilini oʻrganayotgan 60 ga yaqin iqtidorli talaba bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga zamonaviy muhandislik sohasi uchun zarur boʻlgan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni egallash, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis boʻlib yetishish borasida aniq tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Rustam Xolmurodov Germaniya taʼlim tizimining muhandislar tayyorlash borasidagi ilgʻor tajribasiga alohida toʻxtalib, talabalarni kelgusida magistratura va doktorantura bosqichlarini aynan Germaniyada davom ettirishga chaqirdi. Buning uchun, eng avvalo, nemis tilini mukammal darajada oʻzlashtirish, sohaga oid bilimlarni chuqurlashtirish hamda ilmiy izlanishlarga erta kirishish zarurligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, Samarqand davlat universitetida bugungi kunda xalqaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, Germaniyaning qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan samarali aloqalar yoʻlga qoʻyilgani aytildi. Talabalar uchun akademik almashinuv dasturlari, qoʻshma taʼlim loyihalari va ilmiy stajirovkalar kabi keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер