Ukrainaning Xarkov shahri markazida snaryad portladi (Video/foto) 

14:10 01 Mart 2022 Dunyo
1606 0

Foto: Novaya gazeta

Bugun, 1-mart kuni Ukrainaning Xarkov shahri markazidagi viloyat maʼmuriyati binosi yonida snaryad portladi. 

Bu haqda “Novaya gazeta” va boshqa bir qator OAV xabar qildi. Shuningdek, ushbu holat tasvirlangan video Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Portlash oqibatida bino qisman vayron boʻlgan.

Foto: Novaya gazeta

Voqea Xarkov markazidagi Ozodlik maydonida yuz bergan. Videoda raketa bino yaqiniga qanday kelib tushgani aks etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yaradorlarning soni juda koʻp. Ukrainaning UNIAN nashrining xabar berishicha, Xarkovdagi portlash natijasida koʻplab tinch aholi vakillari halok boʻlgan.

Hozircha snaryad kim tomonidan otilgani nomaʼlum. Ukraina aholisi ijtimoiy tarmoqlarda snaryad Rossiya qoʻshinlari tomonidan otilganini daʼvo qilmoqda. Biroq, Rossiya Mudofaa vazirligining vakili videoda zarba shimoli-gʻarbiy yoʻnalishdan berilgani va u tomonda Rossiyaning harbiy boʻlinmalari yoʻqligini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi hozircha vaziyatga rasmiy izoh bermadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер