Ukrainada Zoom orqali turmush qurish mumkin boʻladi
Foto: Illustrativ foto
Maʼlum boʻlishicha, Ukraina hukumati mamlakatdagi harbiy holat tufayli masofadan turib, xususan Zoom orqali turmush qurishga ruxsat berdi. Endilikda bir kunda ariza berish va nikohni rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
«Oʻz xohish-istaklarini bildirgan shaxslar kun davomida turmush qurishlari mumkin. Nikohni rasmiylashtirish harbiy harakatlar boʻlmagan hududdagi istalgan FHDYO boʻlimida amalga oshirilishi mumkin. Muayyan sharoitlarda nikohni nafaqat FHDYO xodimlari, balki politsiya xodimlari va harbiylar ham rasmiylashtirishi mumkin. Bu xizmat qilayotgan sevishganlar uchun tegishli, ular faqatgina Zoom orqali masofadan turib ulana oladi», — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring