Ukrainada amerikalik yollanma askarlar asirga olingan — OAV
Foto: Reuters
Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”si chogʻida ikki nafar sobiq amerikalik harbiy qoʻlga olindi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar bermoqda.
Nashr harbiylarning kimligiga ham aniqlik kiritgan: ular Iroqda harbiy xizmatda boʻlgan 39 yoshli Aleksandr Dryuke va 27 yoshli Endi Xyun. Ular Ukraina armiyasining oddiy boʻlinmalaridan birida koʻngilli boʻlib xizmat qilishgan. Qayd etilishicha, amerikaliklar oʻtgan hafta Xarkov yaqinidagi janglarda qoʻlga olingan.
Boshqa bir manba ikki amerikalik harbiy bir vaqtda asirga olingani haqida maʼlum qildi. Ayni paytda ular bilan bogʻlanib boʻlmayapti.
Druk va Xyunning hamkasbining xabar berishicha, erkaklar missiya paytida asirga tushgan. Ularga rus qoʻshinlarining joylashuvi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar berilgan.
“Ruslar allaqachon bostirib kirgani maʼlum boʻlganda, bizga shahar ozod ekanligini aytishdi”, deydi u nashrga. Uning soʻzlariga koʻra, oʻsha jangda bor-yoʻgʻi oʻn kishilik otryad Ukraina armiyasi tomonida harakat qilgan.
Avvalroq Donesk Xalq Respublikasi(DXR)da 48 yoshli britaniyalik Shon Pinner va uning 28 yoshli vatandoshi Aiden Aslin, shuningdek, Ukraina tomonida jang qilgan 21 yoshli marokashlik Saadoun Brahim ham asirga olingan edi. Keyinchalik ular oʻlimga hukm qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Oʻz navbatida, Ukraina va Buyuk Britaniya tomoni bunday qarorga qarshi chiqdi va harbiylarni ozod qilishni talab qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring