Ukraina va LXR qurolli kuchlari oʻrtasida janglar boshlanib ketdi

21:52 10 Mart 2021 Dunyo
2267 0

Foto: РИА Новости

Donbassda Ukraina qurolli kuchlari (UQK) va Lugansk Xalq Respublikasi (LXR) Xalq Militsiyasi harbiy xizmatchilari oʻrtasida otishmalar boshlangan.

Bu haqda LХR Xalq militsiyasining sobiq rasmiy vakili Andriy Marochko oʻzining «Telegram» kanalida maʼlum qildi.

Unga koʻra, jangovar harakatlar Mixaylovka qishlogʻida boshlangan. Bu yerda otishmalar oʻqotar va granata otish qurollaridan amalga oshirilmoqda. 

Mahalliy aholi vakillari ijtimoiy tarmoqlarda uylar va maktab otishmalar yuz berayotgan hududda ekanligi haqida xabar berishmoqda.

Avvalroq, Ukraina prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak Kiyev Donbassdagi vaziyatni Fransiya va Germaniya tomonidan taklif qilingan tinch yoʻl bilan hal qilish rejasi ishlab chiqilgani haqida maʼlum qilgan edi. 

DXR Tashqi ishlar vazirligi Kiyev tomonidan eʼlon qilingan tinchlik rejasini Minsk kelishuvlari bajarilishidan qochishning yana bir urinishi deb atadi.

Eslatib oʻtamiz, 8-mart kuni Ukraina xavfsizlik kuchlari Donesk chekkasini oʻqqa tutgani haqida xabarlar tarqalgandilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер