Ukraina Prezidentining rafiqasi koronavirus yuqtirib olgan
Фото: РБК Украина
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan.
Bu haqda RIA Novosti Ukraina rahbari matbuot xizmatiga tayanib xabar tarqatdi.
“Davlat rahbarining rafiqasi ayni paytda ambulator sharoitda davolanmoqda”, deyiladi xabarda.
Vladimir Zelenskiy va uning bolalari koronavirusga topshirgan testlar salbiy natija koʻrsatgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring