Ukraina Yevropadan elektr energiyasi evaziga gaz olmoqchi

02:40 30 Aprel 2022 Dunyo
968 0

Illyustrativ foto

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Yevropadan yetishmayotgan gaz hajmini olish va buning evaziga elektr energiyasini yetkazib berish istagini bildirdi. 

Bu haqda u Polsha ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Biz mamnuniyat bilan Rossiyaga qaram boʻlmaslik va elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyatini beramiz. Ikkinchi tomondan, oʻzaro doʻstona munosabatlar tufayli oʻzimiz uchun yetarli boʻlmagan gazni, masalan, Yevropadan olishimiz mumkin. Yaʼni, elektr beramiz, gaz olamiz”, degan Ukraina rahbari. Uning soʻzlariga koʻra, bular rejalarda bor.

“Vazirlarimiz hamda turli neft va gaz kompaniyalarining rahbarlari bu borada muloqotlarni boshladi”, deydi Zelenskiy.

Shuningdek, u Ukrainada juda katta hajmdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yadroviy quvvatlar mavjudligini taʼkidladi. Shu boisdan ham Kiyev elektr energiyasini oshirilmagan narxlarda sotish imkoniyatiga ega boʻladi. Shu bilan birga, siyosatchi uning davlati hozirda Yevropaga bunday yetkazib berishni amalga oshirishga texnik jihatdan tayyor emasligini tan olgan.

Bundan tashqari, Zelenskiy Ukraina byudjeti taqchilligini Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berish orqali qoplashga umid qilmoqda.

“Mamlakatlar bizga yordam berishmoqda, chunki bugun bizda moliyaviy taqchillik bor. Bugun bizda oyiga 5-7 milliard yevro bor. Bu ish haqi uchun ham yetarli emas. Shu bois biz ham pul ishlab topishga muhtojmiz”, deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер