Ukraina birinchi xonimi koronavirusni yengdi

09:03 04 Iyul 2020 Dunyo
994 0

Foto: rbc.ru

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya COVID-19 infeksiyasidan forigʻ boʻldi va kasalxonadan chiqdi. Bu haqda Prezidentning “Facebook”dagi rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.

«Zelenskaya oʻzini yaxshi his etmoqda va yana oilasi bagʻriga qaytganidan baxtli. COVID-19ʼni yengib oʻtgan Yelena ikki tomonlama pnevmoniya kasalligi asoratlaridan davolanishni davom ettiradi va uy sharoitida muolaja oladi», – deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 12-iyunda Yelena Zelenskayaning koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingandi. 16-iyunda Ukraina birinchi xonimi ikki tomonlama polisegment pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan, Vladimir Zelenskiy rafiqasi koronavirusga chalingani tufayli maxsus ish rejimiga oʻtgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер