Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari tomonidan taqiqlangan modda aniqlandi
2023-yil 23-iyul kuni soat 16:30 larda Uchtepa tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori serjant B.Nurmatov tomonidan Spark rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganda haydovchisi 1995-yilda tugʻilgan B.J.ning koʻrinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uygʻotgan. Xolislar ishtirokida tekshirilganda yonidan qogʻozga oʻralgan, yashil rangli, oʻtkir hidli quritilgan oʻtsimon modda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring