Uchtepa tuman hokimligi “Beshqayragʻoch” koʻchasida olib borilayotgan qurilishda 2 kishi halok boʻlganini tasdiqladi

18:26 11 Oktyabr 2023 Jamiyat
823 0

Foto: Illustrativ foto

Uchtepa tuman hokimining oʻrinbosari Aziz Naimovning maʼlum qilishicha:

Haqiqatdan ham Uchtepa tumani “Beshqayragʻoch” koʻchasida olib borilayotgan kollektor qurilishida (kotlovan qazish vaqtida) 5 nafar “Shafoat” masʼuliyati cheklangan jamiyat xodimlari ishlayotgan boʻlgan. Ammo, tuproq koʻchishi natijasida 2 nafar ishchi xodim hayotdan koʻz yumgan, 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada, qolgan 2 nafar ishchilarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda.

Ayni damda, tuman Ichki ishlar boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi hokimlik axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер