Uchqoʻrgʻon tumani va Jizzax shahrida qalbaki pullarga kiyim-kechak hamda “Iphone 13 pro” xarid qilgan shaxslar ushlandi

15:28 05 Yanvar 2024 Jamiyat
438 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. Namangan shahridagi “Chorsu” bozorida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar I.Gʻ. va M.I.dan xarid qilgan liboslari uchun 2 dona qalbaki 100 AQSH dollari berganligi aniqlanib, A.A.ning yonidan yana 10 dona qalbaki 100 AQSH dollarlik kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.A. “OLX” saytida sotuvga qoʻygan “Iphone 13 pro” rusumli uyali aloqa vositasini xaridor Oʻ.J.ga 1 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, uchrashuv paytida xaridor Oʻ.J. unga 100 AQSH dollarlik 10 dona qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlanib, ushbu kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер