Uchko‘priklik tadbirkorni uyida tunab ketishdi

16:47 04 May 2018 Jamiyat
1828 0
Foto: kriminalnews.de

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 2018 yil 28 aprel kuni uchta noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda tadbirkor D.E.ning uyiga devordan oshib kirib, uni va turmush o‘rtog‘i N.Sh.larni qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, D.E.ning o‘ng qo‘l va ko‘krak qismini o‘tkir tig‘li jism bilan tilib, jarohat yetkazishgan. 
Shuningdek, bosqinchilar N.Sh.ni bo‘ynidan zanjirini yechib va tumbochkasidan bir juft ziraklarini hamda hovlida turgan “Malibu” rusumli avtomashina yukxonasidan pullarni olib voqea joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborat vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchko‘prik tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan A.X. va Qo‘qon shaxrida yashovchi D.Sh. hamda Beshariq tumanida yashovchi J.P.lar sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер