Uch viloyatida 530 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi

19:55 21 Fevral 2025 Jamiyat
337 0

Andijon, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Andijon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda “M-S.B.” MChJ masʼul shaxslari MChJ binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 300,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Samarqandning Narpay tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Q.F. “Guliston” MFY hududidagi noturarjoy binosida tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulanib, 125 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Sirdaryo tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.M. “Kamolot” MFY hududidagi xonadonida isitish pechlarini tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻiga ulab, 119 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер